Korxona yangiliklari Yangiliklar

Fotoreportaj: Buxoro yo’llari yanada keng bo’ladi

Buxoro shahri Ibrohim Mo’minov ko’chasining 460 metr masofadagi avtomobil qatnov qismida ayni kunlarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur yo’lning ta’mirlash ishlariga Romitan tuman yo’l xo’jaligi korxonasining 60 nafar mutaxassis, texnik-mexanizatorlari jalb etilgan. Yo’nalishda avtomobillar tirbandligining oldini olish maqsadida yo’l 30 metrga kengaytirilishi ko’zda tutilgan. Bu haqdagi fotoreportaj uza.uz saytida chop etilgan.

O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili ochildi

Ostonada Qozog‘istonda O‘zbekiston yili ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni ikki davlatning do‘stona munosabatlarini mustahkamlashdagi hissasi uchun I darajali «Do‘stiq» ordeni bilan mukofotladi. Payshanba kuni Qozog‘iston poytaxtidagi «Ostona-opera» teatrida Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati. Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyasi rahbarlari ishtirok etdi. […]

O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi

O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda. Davlat rahbari 2017 yil aprel va noyabrda ham bu yerga kelib, viloyatni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy ob`yektlar qurish bo’yicha ko’plab vazifalar qo’ygan edi. Tashrif doirasida ana shu vazifalar ijrosi tahlil qilinadi, yangilari belgilab beriladi. Har doimgidek, tashrifning birinchi kunida asosan tumanlarga […]